Amerika Qöşma Ştatlarining federal qarzi 2016 moliya yilida (2015 yil sentabridan 2016 yil 29 sentabriga qadar) 7,8 foiz, yoki 1,4 trln dollarga oşib, jami 19,573 trln dollarni taşkil etgan. AQŞ moliya vazirligi hisobotida şunday ma'lumotlar keltirilgan. 

Amerika statistika byurosi (Census Bureau)ga köra, iyun oyi oxirida AQŞda 118,2 mln xöjalik mavjud bölgan. Şunga binoan, har bir amerika oilasiga töğri keladigan qarz miqdori 2016 moliya yilida ötgan yilgi körsatkiçga nisbatan 12 ming dollarga köpayib, 165,5 ming dollarni taşkil etgan. 

Avvalroq, AQŞ moliya vazirligi ma'lum qilganidek, Barak Obama prezidentligining 90 oyi: 2009 yil fevralidan 2016 yil iyunigaça bölgan davr mobaynida AQŞ davlat qarzi 8,79 trln dollarga ortib, 10,63 trln dollardan 19,42 trln dollarga yetgan.