Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentabrdagi qaroriga muvofiq, Özbekiston Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi boşqaruv apparatiga kiritilgan özgartişlar tasdiqlandi, deb xabar qilgan Uzreport.uz sayti.
Unga muvofiq, vazirlikning rahbar xodimlari tört nafarga -43dan 39 nafarga kamaytirilgan. Bundan taşqari, markaziy apparat xodimlarining umumiy soniga qöyilgan çeklov olib taşlangan (avval – 59 kişi).
Şuningdek, bevosita vazirlik rahbariga böysungan Oliy ta'lim boş boşqarmasi vazirning birinçi örinbosari ixtiyoriga berilgan va sezilarli tarkibiy özgarişlarga uçragan. Uning negizida ikkita boş boşqarma taşkil etilgan.
- OÖYu faoliyatini taşkiliy-uslubiy ta'minlaş va kadrlar tayyorlaş Boş boşqarmasi – oliy öquv yurtlarining ta'lim va uslubiy faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda kadrlar tayyorlaşni monitoring (nazorat) qiliş va bitiruvçilarni taqsimlaş bilan şuğullanadi;
- Yangi öquv dasturlari va öquv adabiyotlarini joriy qilişni nazorat qiliş Boş boşqarmasi – öquv dasturlari, darsliklar, öquv qöllanmalar sifati hamda pedagoglarning malakasini oşiriş bilan şuğullanadi.
Bundan taşqari, vazirlikning alohida tuzilmalari ustidan nazorat qiliş vazifalari vazir örinbosarlari orasida qayta taqsimlangan.
Şu bilan birga, «Ma'naviyat va ma'rifat», ta'lim muassasalarida elektron ta'limni rivojlantiriş Markazi va Özbekistonning eng yangi tarixi masalalari böyiça muvofiqlaştiruvçi-metodik Markazi ham vazirlikka böysundirilgan.

















