HitmanNiko tomonidan yaratilgan modifikatsiyada Samsung Galaxy Note 7 GTA V öyini uçun portlatuvçi qurol sifatida qöllangan. Bunday smartfonni GTA V dökonlaridan topiş mumkin.
Modded Games ning YouTube-kanalida joylaştirilgan videolarda smartfondan bomba örnida foydalaniş imkoniyatini köriş mumkin. Videolarda yöllardagi maşinalar va politsiyaçilarni smartfonni ularga otiş orqali yöq qiliş imkoniyatlari körsatilgan.
Note 7 smartfonlari portlab ketayotgani boşqa öyinlarda ham aks etgan. Counter-Strike öyinida ham undan bomba örnida foydalanilgan.

Sentyabr oyining boşida kompaniyaning yangi smartfoni akkumulyatorlarida aniqlangan jiddiy nuqson tufayli sotilgan gadjyetlar qaytarib olina boşlandi. Smartfonlar qizib, yonib keta boşlagani bois kompaniya xaridorlarga ularni tezroq öçirib, almaştiriş dasturidan foydalanişga çaqirgan edi.
Mamlakatda almaştiruv dasturi 21 sentabrda boşlandi. Amerikaliklarning aksariyati almaştiriş uçun kompaniyaning boşqa mahsuloti yoki pul tölovini emas, smartfonni olişni ma'qul körmoqda.
Janubiy Koreya mutasaddilari kompaniyaga Galaxy Note 7 xaridorlariga tovon tölaş muddatini uzaytiriş va akkumulyatorlar xavfsizligini ta'minlaş böyiça qöşimça çoralar köriş yuzasidan körsatma berdi. Şu bois Samsung tovon tölaş dasturining yakunlanişi muddatini 26 sentabrdan 30 sentabrga köçirdi.
1 oktabr kuni Janubiy Koreyada Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari yana sotuvga çiqarildi.












