Toşkentda kelasi yili butun dunyoga maşhur Hilton brendi ostida faoliyat yurituvçi mehmonxona paydo bölişi mumkin. Bu haqda, Sputnik agentligining "Özbekturizm"dagi manbasi ma'lum qilgan.
2014 yilda Hilton xalqaro mehmonxonalar tarmoği vakillari bilan poytaxt biznes-markazida joylaşgan International Hotel Tashkent mehmonxonasini ularning boşqaruviga ötkaziş borasida kelişuvga erişilgandi. "Özbekturizm" vakilining ma'lum qilişiça, bugungi kunda International Hotel Tashkent mehmonxonasining çap qanotida Hilton standartlari böyiça ta'mirlaş işlari olib borilmoqda.
"Hiltonning me'yoriy talablaridan biri binoni yagona timsoliga mos ravişda ta'mirlaşdir. Rekonstruksiya işlari Hilton talablariga muvofiq olib borilmoqda, kelasi yili işlar yakuniga yetganidan keyin mehmonxona uşbu brend ostida işlay boşlaydi. Barça işlar qaçon yakuniga yetişi haqida aniq aytiş qiyin, lekin muntazam iş olib borilayapti", — degan agentlik manbasi.
Eslatib ötamiz, 1997 yildan boşlab uşbu mehmonxonani InterSontinental xalqaro mehmonxonalar tarmoği boşqargandi. 2012 yil mayida Özbekiston hukumati va InterSontinental vakillari inşootni boşqariş böyiça şartnomani uzaytiriş borasida kelişa olmagandi.












