IŞID rahbarlarining maxfiy uçraşuvi özaro janjal va otişmalar bilan tugadi. Bu haqida The Daily Star xabar berdi. 

"Xaşd aş-Şaabiy" şia ayirmaçilari vakili Jabbor Mamuriyning ma'lum qilişiça, IŞID yetakçilari yöqotişlardan keyingi taktik va strategik rejalarni kelişib oliş uçun Iroqdagi Diyala va Salohuddin provinsiyalari örtasida joylaşgan, nazorat ostidagi hududda töplanişgan.

Mamuriyning sözlariga köra, uçraşuvda IŞIDning mahalliy arab millatiga mansub va boşqa yetakçilari (millatiga aniqlik kiritilmagan) örtasida janjal çiqib, otişmaga aylanib ketgan. Manbaga köra, kamida bir nafar IŞID rahbari öldirilgan, 3 nafar  raqibi esa jarohat olgan.

Ma'lumotlarga köra, sönggi paytlarda IŞID jangarilari orasida katta yöqotişlar bölayotgani, nazorat ostidagi hududlar qisqarayotgani va moliyaviy xarajatlar köpaygani sabab guruh rahbariyatida tez-tez ziddiyatlar kuzatilmoqda.