Alcator C-Mod tokamakasida işlagan Massaçusets texnologiya instituti fiziklari, plazmaning kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori bosimiga erişişning uddasidan çiqişdi. Tadqiqotçilar Atom energiyasi böyiça agentlikning Yaponiyadagi yiğilişida şu haqda ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda Gizmodo sayti.
Tokamak – torodial kamera bölib, u boşqariluvçi termoyadro sintezi uçun zarur bölgan körsatkiçlarga erişişga möljallangan. Termoyadro esa, an'anaviy yadro energetikasidan şunisi bilan farqlanadiki, bunda oğir yadro atomlari yengillaridan sintez qilinadi. Biroq, fiziklar sönggi 50 yil mobaynida energiya olişga yetarli termoyadro sintezini olişning uddasidan çiqa olmayotgan edi.
Tokamak içidagi atomlar toroidal magnit maydoni bilan uşlab turiladi. Ular 100 million darajagaça qizdiriladi. Bu esa, atomlar plazmasiga aylanadi (protonlar va elektronlardan iborat «qaynoq şörva»). Zarralar oğir atomlarga aylaniş uçun birikkanida ma'lum miqdorda energiya ajralib çiqadi. Ammo, energiya katta miqdorda va davomli bölişi uçun plazma barqaror bölişi lozim.
Olimlar atomlardan taşkil topgan «şörva»ni yanada quyuqlaştiriş uçun öta qudratli magnitlardan foydalanişgan. Natijada, plazma içidagi bosim şu paytgaça kuzatilmagan ikki atmosferaga yetgan. Albatta, bu uning barqarorligini ta'minlaş uçun yetarli bölmasa-da, olimlarning fikriça, bu rekord energetik samarali reaktorlar yölidagi ilk qadamdir.
Garçi Alcator C-Mod tajribadan söng buzilganiga qaramay, endilikda tajribalarni davom ettiriş uçun agentlikning Fransiyadagi ITER tajriba reaktoridan foydalaniladi.











