Jahon | 11:24 / 12.08.2025
3914
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putinni Ukraina bo‘yicha muzokaralarga majburladi – Hegset

AQSh mudofaa vazirining ta’kidlashicha, muzokaralar bosqichida hududlar almashinuvi bo‘lishi mumkin va ehtimol shunday bo‘ladi.

Foto: Kevin Lamarque/Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Kreml rahbari Vladimir Putin bilan Ukraina bo‘yicha ehtimoliy tinchlik kelishuvi uchun sharoit yaratdi, biroq hech kimga yoqmaydigan ba’zi yon berishlar bo‘ladi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset Fox News efirida ma’lum qildi.

«Tramp allaqachon o‘yin qoidalarini o‘zgartirdi. U mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun sharoit yaratdi, buni boshidanoq istagan edi», dedi u va agar bosim bo‘lmaganida, Putin uchrashuvga rozi bo‘lmasligini qo‘shimcha qildi.

Pentagon rahbarining ta’kidlashicha, muzokaralar bosqichida hududlar almashinuvi bo‘lishi mumkin va ehtimol shunday bo‘ladi.

«Hech kimga yoqmaydigan ba’zi yon berishlar bo‘ladi, ammo Tramp buni uddalaydi», deb ta’kidladi Hegset.

Tramp va Putin 15 avgust kuni Alyaskada uchrashishi kerak. Ular Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatishni muhokama qilishi kutilmoqda.

10 avgust kuni AQSh vitse-prezidenti Jyeyms Vens Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvini tashkil etish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

«AQSh urushning tugashini muhokama qilish uchun uchrashish vaqtini kelishib olish jarayonida», dedi u.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid