Fransiyaning Nitstsa şahrida joylaşgan Le Grand Hotel beş yulduzli mehmonxona direktorlar kengaşi a'zolaridan birini öğirlab ketişdi. BFMTV bergan ma'lumotga köra, voqea 24 oktabr kuni kunduzi, şahar markazida sodir bölgan.

Noma'lum kimsalar odamlar köz öngida 76 yaşar Jaklin Veyrani öz uyi yonida avtomobilga solib olib ketişgan. Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari şu paytga qadar ayolni topa olişmayapti. Nitstsa prokurori Jan-Mişel Pretrning sözlariga köra, mazkur holat yuzasidan jinoiy taşkilot tarkibida odam öğirlaş moddasi böyiça jinoiy iş qözğatilgan.
BFMTV’ning ma'lum qilişiça, 2013 yilda ham uni şu yerda öğirlaşga harakat qilib körişgan.










