Sut emizuvçilar, quşlar, baliqlar, amfibiya va sudralib yuruvçilarning köpayişi 1970 yildan beri deyarli 60 foizga qisqargan. Bu haqda Butunjahon yovvoyi tabiat jamğarmasining hisobotida keltirilgan.
Jamğarma London zoologiya jamiyati bilan hamkorlikda köplab hayvonlar turining sonini aks ettiruvçi indeksni hisoblaydi. 1970 yildan 2012 yilga qadar indeks 58 foizga qisqarib ketgan.
Jamğarma qayd etişiça, 2020 yilga kelib indeks 1970 yil bilan qiyoslaganda 67 foizga kamayişi mumkin.
WWF hayvonlar sonining qisqarişiga insonlar faoliyati sababçi ekanini qayd etmoqda. Odamlar yerning köp qismini fermerlik işi va şaharlar qurilişi uçun olib qöymoqda.
Hayvonlarning yöqolib ketişiga atrofdagi olamning ifloslanişi, iqlim özgarişi, ovçilik, şuningdek, atrof-muhitga noodatiy ösimlik va hayvonlarning keltirilişi sabab bölmoqda.
"Biz yer tarixidagi yangi davr - antropotsenga kirmoqdamiz", - WWF boş direktori Marko Lambertini. Bu atama sayyora ekotizimi inson faoliyatiga boğliq bölgan geologik erani anglatadi.
Hisobotda aytilişiça, biologik xilma-xillik soğlom örmon, daryo va okeanlarning asosi sanaladi.
Hisobotga köra, eng köp yöqotişlar köl, daryo va botqoqlikda yaşovçi hayvonlarda kuzatilgan. 40 yil içida toza suv içida yaşovçi hayvonlarning köpayişi 81 foizga qisqargan.
Jamğarma Afrikadagi fillar soni va juda faol baliq ovlaş tufayli akulalar soni ham sezilarli darajada kamayganini qayd etdi.








