Hollivud yulduzlari Arnold Şvartsenegger va Jyeki Çan rossiyalik Oleg Stepçenkoning "Viy" filmi sikvelida suratga tuşişadi. Film nomi - "Xitoyga sayohat: Temir niqob siri". Bu haqida film prodyuseri Gleb Fetisovning matbuot xizmati ma'lumotiga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Şvartsenegger iştirokidagi s'yomkalar Xitoyda bölib ötmoqda. U bilan birga "Viy-2" filmida yana bir Hollivud yulduzi Jyeki Çan ham suratga tuşmoqda", - deyiladi xabarda.
Kartina syujyetiga köra, ingliz sayyohi Jonatan Grin Rossiya imperatori Pyotr I'dan Uzoq Şarq xaritalarini tayyorlaşga buyurtma oladi, uşbu vazifani bajariş jarayonida u Xitoyga kelib qoladi.
Bundan avval sikvel yaratuvçilari mazkur filmning xitoy milliy kartinasi bölişi haqida aytişgandi.
Rossiya va Xitoy kinoijodkorlari hamkorligidagi "Viy-2: Xitoyga sayohat" filmi premerasi 2017 yilning boşida bölib ötişi kutilmoqda.












