AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klinton AQŞ davlat kotibi bölib işlaganda muntazam ravişda uyidagi xizmatkoridan maxfiy hujjatlarni printerdan çiqarib berişni iltimos qilib kelgan, deb ma'lum qildi Federal qidiruvlar byurosi tergoviga iqtibos keltirgan holda Fox News telekanali.
FQB tergovidan köçirmada körsatilişiça, Klintonning Vaşingtondagi uyida işlagan uy xizmatkori Marina Santos maxsus ruxsatga ega bölmay turib maxfiy hujjatlarni çop etib bergan. Jumladan, Klinton davlat departamentidagi yuqori lavozimdagi yordamçilaridan davlat xavfsizligi jihatidan juda nozik bölgan hujjatlarni elektron körinişda olgan va ularni çop etib beriş uçun Santosga jönatgan, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Santos çop etgan hujjatlar orasida Klintonning nutqlari qoralamalari, maxfiy eslatmalar va axborotlar, Klinton uçun xorijiy davlatlar rahbarlari bilan telefon suhbati uçun tayyorlangan materiallar bölgan.
"Iltimos, Marina menga aytganlarimni çop etib berişini ayt", deb aytilgan Klintonning yordamçisi Xuma Abedinga yuborilgan maktubida. Ma'lum qilinişiça, gap 2011 yildagi hujjatlar haqida bölib, ular maxfiy yorliği bilan belgilanmagan bölsa-da, biroq çekli sondagi odamlar uçun möljallangan xizmat axboroti bölgan.
Telekanalning ta'kidlaşiça, Klinton filippinlik muhojir xizmatkori Santosga davlat sirlarini işonib topşiriş mumkin deb hisoblagan, bu esa uning yanada tanqid qilinişiga sabab böladi.
5 noyabrda, şuningdek, Klinton AQŞ davlat kotibi bölgan kezlarda Oq uy xodimlaridan olgan maxfiy axborot saqlangan maktublarni qizi Çelsiga yuborgani ma'lum qilindi.












