AQŞning sobiq prezidenti Kiçik Jorj Buş va uning rafiqasi Laura Buş AQŞ prezidentligi saylovlarida Xillari Klintonga ovoz berdilar, deb ma'lum qildi nufuzli jurnalist Raş Limbo.
"Menga Jorj Buş va uning rafiqasi Laura Buş Klintonga ovoz berganlarini ma'lum qilişdi", deb aytdi Limbo özining radio-şousi efirida, deb xabar berdi Washington Examiner naşri.
Limbo respublikaçilarni qöllab-quvvatlaşi bilan ma'lum, uning şousi AQŞning 600 ga yaqin radiostansiyasi orqali uzatiladi.
Biroq Buşning vakillari bu xabarni inkor qilişdi. Ularning aytişiça, sobiq prezident va uning rafiqasi "Trampga ham, Klintonga ham ovoz berişmagan".
Öz navbatida New York Times naşri ma'lumotlariga köra, Buşlar prezident lavozimiga nomzodlar körsatilgan byulletenni töldirişmagan, biroq Respublikaçilar partiyasining boşqa lavozimlar uçun kuraşayotgan nomzodlariga ovoz berişgan.












