Hindistonning «Kerala Blasters» jamoasi muxlislari Hindiston superligasi doirasidagi öyinga Fransiya terma jamoasining sobiq futbolçisi Zaynidin Zidan yuzi tasvirlangan niqoblar taqqan holda kelişadi.

Ispaniyadagi Marca naşrining yozişiça, «Kerala Blasters»ning 35 ming muxlisi italiyalik sobiq himoyaçi Marko Materatstsi boşqaruvidagi «Çenay Titans» jamoasiga qarşi öyinda Zidan niqoblarida ötirişga qaror qilişgan.

Naşrning yozişiça, şu tariqa  «Kerala» muxlislari 2006 yilgi jahon çempionati finalida, Italiya va Fransiya terma jamoalari örtasidagi uçraşuv vaqtida röy bergan voqeani yodga olişmoqçi.

Öşanda Zidan Materatstsiga boş bilan zarba berib, uni qulatgan va qizil kartoçka olib maydonni tark etgandi. Bir neça yillar ötib, Materatstsi öşanda fransuz futbolçisining jiğiga ataylab tekkanini tan olgandi.

Şu yilning iyulida Marko Materatstsi hodisa tafsilotlarini bayon qildi. Uning tan olişiça, Materatstsi uning singlisi ismini aytib haqoratlaganidan keyin Zidan unga hamla qilgandi.