Germaniya terma jamoasi hujumçisi Tomas Myullerning San-Marinoni terma jamoasini haqoratlovçi sözlari javobsiz qolmadi. San-Marino terma jamoasi matbuot xizmati rahbari Alan Gasperoni Myunxenning «Bavariya» jamoasi hujumçisining sözlariga munosabatini bildirib ötdi.

«Sen özing hatto bizga - özing aytgan kuçsiz jamoaga gol ura olmading. Futbol Bekkenbauer yoki Rummeniggening şaxsiy buyumi emas. Futbol uni sevadigan barçaga tegişli. Nemislar tarix saboqlariga qaramay heç qaçon özgarmaydilar, qörqitiş ğalaba kafolat bermaydi», — deya yozgan Gasperoni özining «Feysbuk»dagi sahifasida.

Germaniya terma jamoasi JÇ-2018 saralaşida San-Marinoni 8:0 hisobida mağlub etgandi. Uçraşuvdan söng Tomas Myuller bunday terma jamoalar bilan öynab vaqt ketkazişda ma'no körmasligi haqida gapirib ötgandi.

Myuller: «San-Marino kabi jamoalar bilan öynaş nega kerakligini tuşunmayman»