Samsung kompaniyasi keyingi yil boşida portlaş xavfiga ega bölgan Galaxy Note 7 smartfonlarini sotişni boşlaşi mumkin. Bu haqda kompaniyadagi anonim manbaga iqtibos keltirgan holda International Business Times naşri yozmoqda.

"Samsung hali yakuniy qaror qabul qilmadi va körinişiça, keyingi yildan tiklangan Note 7’ni sotişni boşlaydi", deb aytdi manba. Ta'kidlanişiça, bu qurilmalar birinçi navbatda Hindiston va Vetnam bozorida sotiladi.  

Ayni vaqtda korporatsiya Note 7’ning yonib ketişi sababini aniqlaşga urinmoqda. Avvalroq kompaniya uçun uning xodimlari sinov şaroitlarida smartfonning alangalanişiga erişa olmayotgani jumboq bölib qolayotgani ma'lum qilingandi. Tergov sababli Samsunğning navbatdagi flagmani Galaxy S8’ning yaratilişi çözilib ketgan. 

Note 7 smartfonlari 2016 yil avgustda sotuvga çiqqan, biroq oktabrdayoq smartfonning köp marotaba alangalanişi holatlaridan keyin korporatsiya avval uning sotilişini, keyinçalik esa işlab çiqarilişini ham töxtatgan.