Fan-texnika | 22:03 / 29.11.2016
15588
2 daqiqa o‘qiladi

Yadroviy akkumulyatorlar ming yillab zaryadsiz xizmat ko‘rsatadi

Bristol Universiteti mutaxassislari minglab yillar davomida u qadar kuchli bo‘lmagan qurilmalarni quvvat bilan ta'minlay oladigan yadroviy akkumulyator prototipini ishlab chiqishdi. Radiatsiyalar va zararli moddalar ziyoni nolga teng. Bu haqida universitet saytida ma'lum qilindi. 

Yadroviy akkumulyator ichiga sun'iy olmos o‘rnatilgan. U radioaktiv maydonga joylashtirganda u qadar kuchli bo‘lmagan elektr tokini ishlab chiqaradi. 

Olimlar radioaktiv nurlanish manbai sifatida nikel-63'dan foydalanishdi. Biroq uni grafit bloklarda hosil qilingan uglerod-14'ga almashtirilsa, izotop qurilma faoliyati samaradorligini oshirishga yordam beradi. 

Uglerod-14'dagi batareya 5730 yilda zaryadning yarmini yo‘qotadi. 

Yadroviy akkumulyatorlarda harakatlanuvchi qismlar yo‘q, ularga ishlash jarayonida xizmat ko‘rsatish lozim emas. Batareyalar radioaktiv zararli moddalarni ishlab chiqarmaydi va atmosferaga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.  Radioaktiv izotoplar sun'iy olmoslar ichida kapsullanadi. Shuning hisobiga toza energiyaning uzoq muddatli generatsiyasi ta'minlanadi. 

Yadroviy akkumulyatorlarni kardiostimulyatorlar va shu kabi inson tanasiga o‘rnatiladigan boshqa qurilmalarda qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek ularni uchuvchisiz qurilmalar, kosmik kemalar va yetish qiyin bo‘lgan joylardagi boshqa jihozlarda qo‘llash mumkin. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid