Xitoyning WM Motor avtomobilsozlik kompaniyasi, firmaning yangi prototipi deb atalgan suratlarga umuman aloqasi yöqligi haqida bayonot berdi. Eslatib ötamiz, gap borayotgan suratlar internet tarmoğida noyabr oyida paydo bölgan edi. Unda Mitsubishi Outlander Concept-S prototipining biroz özgartirilgan suratlarini köriş mumkin edi.
«Internetda paydo bölgani va WM Motor kompaniyasi prototipiga tegişli ekani ta'kidlangan suratlarning kompaniyaga umuman aloqasi yöq. Avtoişlab çiqaruvçi uşbu suratlar mualliflariga nisbatan zudlik bilan huquqiy çoralarni qöllaşni rejalaştirmoqda. Çunki, ular WM Motor kompaniyasiga putur yetkazadi», — deyiladi firma maktubida.

Kompaniyaning qayd etişiça, WM Motors prototiplarini işlab çiqiş jarayoni töliq maxfiy holatda ötkazilmoqda, yangi mahsulotlar haqidagi xabarlar faqatgina kompaniya saytida e'lon qilinadi.
Weltmeister nomi bilan ham yaxşi ma'lum bölgan WM Motor kompaniyasi rejalari noyabr oyida oşkor bölgan edi. Öşanda, firma 4ta elektromobil işlab çiqarişni, ularni Xitoy, Yevropa va AQŞ bozorida sotişni rejalaştirayotgani ta'kidlangandi. Şuningdek, kompaniya Vençjou şahrida 1 mlrd dollarlik öz korxonasini barpo etişi aytilgandi. Şu bilan birga, WM Motors prototipiga oid degan suratlar Mitsubishi Motors kompaniyasi kontsept karining birmunça özgartirilgan rasmlari joylangan edi.













