Smart kompaniyasi Frankfurtdagi avtosalonda yangi prototipini namoyiş etadi. U Germaniya avtomobilsozlik kompaniyasining «kelajakdagi şahar avtomobilining namunasi» bölişi aytilmoqda. Kontsept-kar tizeri Smart kompaniyasining Instagram sahifasida namoyiş qilindi.

Işlab çiqaruvçi prototip haqida boşqa tafsilotlarga töxtalmagan. Tizer kontsept-kar kuzovining oldi qismida diod çiroqli ekranga ega böladi. Unga turli matnli xabarlarni çiqariş mumkin böladi. 

Motor1 naşrining qayd etişiça, bu maşinadan kelgusida karşering (carsharing) xizmatlarida foydalaniş mumkin böladi. 

Ayni vaqtda Smart kompaniyasi 3 xil avtomaşina işlab çiqaradi. Bular: ForTwo, uning tomi oçiq namunasi va ForFour.