Audi kompaniyasi NIPS (Neural Information Processing Systems) anjumanida yangi avloddagi parkovka avtopilotini yaratiş böyiça Audi Q2 Deep Learning Concept platformasini namoyiş qildi.
Gap joriy şaroitlarga boğliq ravişda mustaqil ravişda qarorlar qabul qilişga qodir tizimni yaratiş uçun çuqur maşinaviy ta'lim texnologiyasini qöllaş haqida ketmoqda. Bunday avtopilot özi mustaqil ravişda parkovka uçun joy qidira oladi va barça manyovrlarni inson iştirokisiz bajara oladi.

Audi Q2 Deep Learning Concept bu 1:8 nisbatdagi kiçik elektromobil bölib, old va orqa kameralar hamda butun perimetri böyiça 10 ta ultratovuş sensor bilan jihozlangan. Datçiklardan olinadigan ma'lumotlar markaziy kompyuterga tuşadi, u esa rul va elektromotor uçun boşqaruvçi buyruqlarni vujudga keltiradi.
Avtomobil takomillaşişi uçun parkovka joyini imitatsiya qiladigan 3x3 ölçamdagi metall ramkali maxsus maydonça qöllanadi. Maşina örganiş davomida avval parkovka joyiga nisbatan öz holatini aniqlab oladi. Söngra u harakat trayektoriyasini hisoblab çiqadi. Tizim yöl qöyilgan xatolar va amalga oşirilgan harakatlar haqida statistik ma'lumotlarni hisobga olib doimiy ravişda öz malakalarini oşirib boradi.

Tadqiqotning keyingi bosqiçida uşbu texnologiya haqiqiy avtomobilga tatbiq qilinadi. Bu tizim bozorda qaçon paydo bölişi haqida heç narsa ma'lum qilinmagan.










