09:11 / 11.12.2016
10550

11 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

10 dekabr tuni va 11 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

 

Germaniya o‘zining tashqi chegaralarida nazorat qilish muddatini uzaytirishga erishmoqchi. Bunga, maxsus xizmatlar ma'lumotlariga ko‘ra, qochqin ko‘rinishida terrorchilarning kirib kelishi ehtimoli sabab qilib ko‘rsatilgan.  >>> Batafsil 

Janubiy Koreya prezidentligiga kim da'vogar?  >>> Batafsil 

Yaman janubidagi Adan shahrida joylashgan harbiy lager yonida xudkush o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 40 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi yaralandi.  >>> Batafsil 

Istanbulning Beshiktosh tumanidagi Machka bog‘i yonida portlash yuz berdi. Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu bergan ma'lumotga ko‘ra, portlash oqibatida 20ga yaqin kishi jarohatlangan. Ular orasida politsiya xodimlari ham bor.  >>> Batafsil 

Istanbulda sodir etilgan ikkita portlash qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari politsiya xodimi. >>> Batafsil 

10 dekabr kuni Stokgolm shaharida tibbiyot yoki fiziologiya, fizika, kimyo, shuningdek, iqtisod sohasidagi kashfiyotlar uchun 2016 yilgi Nobel mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.  >>>  Batafsil 

Yaponiyada yil avtomobili aniqlandi. >>>  Batafsil 

“Valensiya” klubi darvozaboni Diyego Alves Ispaniya chempionatining 15-turida “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda penaltini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u Primeradagi rekordni yangiladi.  >>> Batafsil 

Germaniya chempionatida 14-tur o‘yinlari davom etmoqda. «Bavariya» o‘z maydonida «Volfsburg» klubini qabul qildi. >>>  Batafsil 

APLning 15-turidagi “Lester” “Manchester Siti” o‘yini nihoyasiga yetdi. >>> Batafsil 

Ispaniya chempionatining 15-turida musobaqa peshqadami “Real Madrid” o‘z uyida “Deportivo”ni qabul qildi.  >>> Batafsil

Top