Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Real Madrid" Ramosning so‘nggi daqiqalarda urgan goli evaziga g‘alaba qozondi
Ispaniya chempionatining 15-turida musobaqa peshqadami “Real Madrid” o‘z uyida “Deportivo”ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar tarkibidagi birinchi golni Morata o‘yinning 50-daqiqasida kiritdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtasida mehmonlar 3 daqiqa ichida 2ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Gollarga “Real”ning sobiq futbolchisi Xoselu mualliflik qildi.
O‘yinning 84-daqiqasida Mariano hisobni tenglashtirdi. Qo‘shib berilgan vaqtda Serxio Ramos madridliklarga 3 ochko olib kelgan golga mualliflik qildi.
Gollar: 1:0 – 50 Morata, 1:1 – 63 Xoselu, 1:2 – 65 Xoselu, 2:2 – 84 Dias, 3:2 –90 Ramos.
Ogohlantirishlar: Borxes (25), Babel (45), Albentosa (59), Morata (70), Navas (88), Ramos(88).
Shuningdek, bugun La-liganing 15-turida "Real Sosedad" ham o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. "Las-Palmas" esa "Leganes" bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etdi.
"Real Sosedad" – "Valensiya"
Gollar: 1:0 – 2 Villian Joze, 2:0 – 24 Villian Joze, 2:1 – 36, penalti Parexo,3:1 – 90 Xuanmi, 3:2 – 90 Bakkali.
Ogohlantirishlar: Navas (35), Joau Kanselu (53), Vela (62), Montoyya (62), Abdennur (67),Parexo (67), Ilyarramendi (76), Bakkali (78), Surutusa (89).
Chetlatish: yo‘q – Joau Kanselu (82).
"Las-Palmas" – "Leganes"
Gollar: 1:0 – 21 Livaya, 1:1 – 76, penalti Gerrero.
Ogohlantirishlar: Bustinsa (8), Mantovani (22), Dias (36), Masedo (68), Garsiya Santana (75),Livaya (82).
Mavzuga oid
17:44 / 08.06.2026
Peres «Real»ga Joze Mourino bosh murabbiy bo‘lishini e’lon qildi
19:05 / 29.05.2026
«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026