Hindistonlik askarlarga 2010 yilda norozilik namoyişi iştirokçilariga soçma öqlardan foydalangan holda öt oçiş ruxsat berildi. Ularni beldan pastki qismni aniq möljalga olişga örgatişadi, biroq ğazablangan olomon qarşisida tegişli yöriqlarni unutib qöyiş tabiiy hol. Norozilik namoyişi iştirokçilarining yuziga qarab otilgan soçma öqlar yuzlab kişilarni köriş qobiliyatidan mosuvo qildi. Associated Press muxbiri Bernat Armange Kaşmirdagi norozilik aksiyalarini bostirişda jabrlangan Hindiston fuqarolari tarixini bir joyga jamladi.
Inşa Muştak Malik

Hindistondan ozod böliş uçun kuraşayotgan Kaşmir separatçilarining yetakçisi Burhon Vani 2016 yilning iyulida halok böldi. Mintaqada köplab norozilik namoyişlari avj oldi. Ulardan biri Inşa Muştak Malik istiqomat qiluvçi uylardan biriga yaqin yerda ötkazilgan. Askarlar kişilarni tarqatişga harakat qilişganda, ular uyning derazalari yonida bölişgan. Heç qanday aybi bölmagan qizning yuziga yuzlab soçma öq tegdi. U beş oydan söng har ikki közidan ayrilgan.
Mosir Fayoz Mir

Hindiston hukumati ma'lumotlariga köra, sönggi beş oy davomida Kaşmirning olti mingdan ortiq fuqarosi soçma öqdan jarohatlangan. Yuzlab insonlar köriş qobiliyatidan ayrildi. Ön olti yoşli Mosir Fayoz Mir Burhon Vanining ölimidan keyin yuz bergan norozilik namoyişida jarohatlangan. U qisman kör bölib qoldi hamda qora közoynaklarni taqib yurişga majbur. Bu jarohatlangan közlarni yorqin nur hamda çangdan asraş maqsadida qilinadi.
Javod Ax-Dar

Javod Ax-Dar kaşmirdagi qişloqlardan birida taşkil etilgan norozilik aksiyasida iştirok etdi. Hindistonlik askarning otgan öqi uning har ikki közini jarohatlagan. Amnesty International va boşqa huquq himoyasi bilan şuğullanuvçi xalqaro taşkilotlar soçma öqlardan norozilik namoyişi iştirokçilarini tarqatib yuboriş maqsadida foydalanişni töxtatişga çaqirmoqda.
Zuhayb Maqbul

Öttiz yoşli fotojurnalist Zuhayb Maqbul separatçilar aksiyasini suratga oliş jarayonida çap közidan jarohat oldi. U öziga qarata öq uzgan askarni payqab qoldi hamda unga fotoapparatni körsatgan. Biroq askar baribir unga qarata öt oçgan. «Men undan buni nimaga qilganini söramoqçi edim», - deydi Maqbul.
Doniş Rajab Jot

Kaşmirdagi Srinagar şahrida yaşovçi 24 yoşli fuqaro – norozilik namoyişçilarini tarqatişda qöllangan şunday “uslub” qurboniga aylangan yana bir şaxsdir. «Mening çap közim butunlay jarohatlangan, öng közim bilan esa qandaydir şarpalarni farqlayman, xolos», - deydi Doniş Rajab Jot.
Firdavs Ahmos Dor

25 yoşli Firdavs Ahmos Dorning oilasi uning işlab topgan puli evaziga yaşardi. Hindiston hukumatining namoyişçilarni tarqatiş maqsadidagi harakatlari sabab erkak soçma öqdan jarohat oldi va butunlay kör bölib qoldi. «Men keksayib qolgan ota-onam, aka-uka va opa-singillarim haqida qayğurişim kerak edi. Biroq endi ular mening ahvolimdan ğayğuda», - deydi u.
Amir Aşraf Xajom

25 yoşli Amir Aşraf Xajom olti yil avval öng közidan ayrilgan. Uni hindistonlik askar soçma öq yordamida yaralagan.
Suhayl Ahmad Mir

Ön yetti yoşli Suhayl Ahmad Mir kaşmir separatçilarining yetakçisi halok bölganidan söng taşkil etilgan norozilik namoyişlarida jarohat oldi. Soçma öq uning çap közini butunlay yöq qilib yuborgan hamda yuziga köplab jarohatlarni yetkazdi. «Mening hayotimni izdan çiqarişdi. Men endi nima qilaman?», - deydi yigit.
Fayzal Ahmad

Hind askarining öqi Fayzal Ahmadni çap közidan ayirgan.
Tanvir

Tanvir ham soçma öq tufayli öng közidan ayrilgan. «Avval men öz oilamni boqardim, endi esa özimni xuddi murdadek his qilmoqdaman», - deydi u.
Amir Kabir Bey

Amir Kabir Bey olti yil avval soçma öq tufayli köriş qobiliyatini yöqotgan.







