Toşkentning bir qança bekatlarida avtobuslar harakati jadvali va ularning aniq yetib keliş vaqti haqida xabar berib turuvçi ma'lumotlar tablosi örnatilganidan xabaringiz bor. Bundan taşqari, sönggi vaqtlarda poytaxtdagi barça bekatlar özgaça qiyofaga kirdi – yangidan qurilib, zamonaviylaştirildi. Bularning barçasi fuqarolar qulayligi uçun amalga oşirildi. Ammo...

Ba'zi bir yurtdoşlarimiz esa bu yangilanişlardan rohat qilib foydalaniş örniga, ularga zarar yetkaziş bilan maşğullar nazarimizda. Xususan, Facebook ijtimoiy tarmoği foydalanuvçilaridan biri Toşkent şahrining Oloy bozori yonida barpo etilgan yangi, zamonaviy bekatdagi holat tasvirlangan fotosuratni taqdim etdi. Unda mobil uskunalarni quvvatlantirişga möljallangan moslamaga zarar yetkazilganini köriş mumkin.

Bu holat ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining hayrati va ğazabiga sabab böldi. Xususan, ulardan biri “Bunaqa narsalarni yuliş, eskidan qolgan - skameykalarni tepib sindiriş bilan barobar - "krutoy"lik belgisi hisoblanadi. Boşqa izohi yöq, bölmagan, bölmaydi ham...”, deb yozgan.

Şu örinda maxsus eslatmani yodingizga solgan bölardik: Hurmatli poytaxtimiz aholisi. Bekat majmualari va undagi barça qulayliklar faqatgina sizning manfaatingizni közlab örnatilgan. Umumiy boyliklarimizni ehtiyotlaylik. Vayron etişga yöl qöymaylik!