Kechki dayjest: 29 dekabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 29 dekabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
2016 yilda O‘zbekiston hayotida ro‘y bergan asosiy voqealar
2016 yil poyoniga yetmoqda. Nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo tarixida og‘ir iz qoldirib o‘tayotgan bu yilda mamlakat tarixidagi eng yaxshi kunlar ham, eng yomon kunlar ham bo‘lib o‘tdi. >>> Batafsil.
O‘zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi. >>> Batafsil.
O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan inshootlarda yangi korxonalar tashkil etiladi
2017-2018 yillar mobaynida O‘zbekistondagi foydalanilmayotgan bino va inshootlarda 4400 dan ortiq ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etiladi. Bu haqda Respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma'lum qildi. >>> Batafsil.
Soxta “Coca-cola” va “Fanta”lar fosh qilindi
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Jizzax tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida soxta tadbirkorlar fosh qilindi. >>> Batafsil.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida aviaparvozlar tiklanadi
2016 yil 27-28 dekabr kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator kelishuvlar imzolandi. >>> Batafsil.
Isroil BMT istagiga qarshi bordi
Faoliyati Sharqiy Qudusda ixtilofning kengaymasligiga qaratilgan, Isroilning "Ir Amim" notijorat tashkiloti Isroil hukumati Falastin hududida 4 qavatli uy qurishga ruxsat berganini ma'lum qildi. >>> Batafsil.
Amerikaliklar kimni ko‘proq hurmat qilishlari ma'lum bo‘ldi
Gallup kompaniyasi so‘rovnomasi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShning ketayotgan prezidenti Barak Obama va prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lgan Xillari Klinton 2016 yil yakunlariga ko‘ra AQShdagi eng hurmat qilinuvchi odamlar bo‘lib qolishmoqda. >>> Batafsil.
Suriyada IShID yetakchilaridan biri yo‘q qilingani ma'lum qilindi
Suriyada AQSh boshchiligidagi koalitsiya aviazarbasi natijasida IShIDning yuqori martabali yetakchilaridan biri yo‘q qilindi. >>> Batafsil.
Tramp BMTni tanqid qildi
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp BMT qudratli salohiyatga egaligi, biroq shunga qaramay kam foyda keltirishini aytdi. >>> Batafsil.
AQShning eng badavlat mashhur kishilari e'lon qilindi
Amerikalik rejissyor, “Yulduzlar jangi” filmlari yaratuvchisi Jorj Lukas Forbes jurnaliga ko‘ra AQShning eng badavlat mashhur kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. >>> Batafsil.
Eng ko‘p maosh oladigan futbolchi nomi o‘zgardi
Argentinalik hujumchi Karlos Teves rasman Xitoyning "Shanxay Shenxua" futbol klubi bilan shartnomani imzoladi. >>> Batafsil.
Luis Enrike ketganidan so‘ng «Barselona»ni kim boshqarishi mumkinligi ma'lum bo‘ldi
Bilbaoning «Atletik» futbol klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Luis Enrike «Barselona»ni tark etadigan bo‘lsa jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. >>> Batafsil.
Mavzuga oid
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020
Farg‘onada shaharlarga yangi hokimlar, propiska haqda yangi qonun loyihasi, Turkiyada koronavirusga qarshi yangi choralar va kunning boshqa xabarlari
21:19 / 03.04.2020