Amerikalik rejissyor, “Yulduzlar jangi” filmlari yaratuvçisi Jorj Lukas Forbes jurnaliga köra AQŞning eng badavlat maşhur kişilari röyxatida birinçi örinni egalladi. Reyting naşrning elektron nusxasida çop etildi.

Forbes hisob-kitoblariga köra, Lukasning mablaği taxminan 4,6 milliard dollarga baholandi. Rejissyor bu summaning asosiy qismini özining Lucasfilm kompaniyasini The Walt Disney Company korporatsiyasiga 2012 yilda 4,05 milliard dollarga sotişi evaziga olgan. Jurnalning ta'kidlaşiça, Lukas Kaliforniya ştatida maydoni 24 kv. km bölgan rançoga ham egalik qiladi.

Jorj Lukas

Röyxatning ikkinçi örnida yana bir rejissyor Stiven Spilberg 3,7 milliard dollar bilan qayd etildi. U mablağining asosiy qismini DreamWorks kinostudiyasidagi omadli işlari sabab topgan. Spilberg 1990-yillar uning asosçilaridan biri bölgan.

Kuçli “uçlik”ni esa AQŞdagi eng maşhur teleboşlovçilardan biri Opra Uinfri yakunlab berdi (2,8 mlrd dollar). Uinfri asosan özining Harpo Productions kompaniyasi sabab şunça pulni işlab topgan. Naşrning ta'kidlaşiça, AQŞdagi eng nufuzli şaxslardan biri bölgan boşlovçi Havayi ştatida köçmas mulkka ham ega.

Stiven Spilberg va Opra Uinfri

Törtinçi poğonani amerika basketboli afsonasi Maykl Jordan (1,2 mlrd. dollar) egalladi. Ikki karra Olimpiya va olti karra MBA ğolibi bölgan sportçi sport va oyoq kiyimlari reklamasi sabab boyib ketgan. Beşinçi örinda közboğlovçi Devid Kopperfild taxallusi bilan maşhur Devid Set Kotkin (850 mln. dollar). Naşrning ta'kidlaşiça, u qöygan tomoşalari sabab işlab topgan pullarini “sehrli artefaktlar”ning yirik kolleksiyasiga yönaltirgan.

Röyxatdan hammasi bölib 20 kişi joy oldi. Ular orasida amerikalik golf ustasi Tayger Vuds (740 mln. dollar), yozuvçi Jyeyms Patterson (700 mln. dollar), rep-ijroçi Jyey-Zi (610 mln. dollar), qöşiqçi Madonna (560 mln. dollar), musiqaçilar Jimmi Baffet (550 mln. dollar) va Jon Bon Jovi (410 mln. dollar), şuningdek boşqa maşhur insonlar bor.