Jizzax viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlar asosida huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Jizzax tumanida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida soxta tadbirkorlar foş qilindi. Bu haqda Özbekiston Davlat bojxona qömitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Mazkur tumanda istiqomat qiluvçi K.Bekturdiyevning (maqoladagi ism-şariflar özgartirilgan) yaşaş xonadoni közdan keçirilganda, u öz xonadonida yaşirin sex faoliyatini yölga qöygani aniqlandi. Bu yerda qölbola usulda oddiy içimlik suviga turli sintetik aralaşmalarni qöşilgan hamda hosil bölgan suyuqlik  kislorod balloni orqali gazlangan. Söngra “tayyor” mahsulot “Coca-cola”, “Fanta” kabi taniqli savdo belgilarining yorliği tuşirilgan 1,5 l. hajmdagi yelim idişlarga quyilgan. Şu tariqa kontrafakt mahsulotlar savdo rastalariga yöl olgan va xaridorlarni aldaş yöli bilan pullab kelingan. 

Tezkor tadbir davomida uşbu “sex”da qiymati salkam 2 mln. sömlik qölbola usulda tayyorlangan va tabiiyki, iste'molga yaroqsiz 124 dona “Coca-cola” va 210 dona “Fanta” kontrafakt içimliklari, 1 dona kislorod balloni, turli kimyoviy aralaşmalar va boşqa vositalar aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.

Şuningdek, Jizzax tumanida yaşovçi yana bir fuqaro J.Boltayevaning ham qinğir qilmişlariga çek qöyildi. Amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar iştirokida uning xonadoni közdan keçirilganda, bu yerda ham yaşirin sex faoliyat olib borayotgani aniqlandi. Yuqoridagi “xamkasbi”dan farqli ölaroq J.Boltayevaning tutgan yöli biroz boşqaçaroq. U bozorda nisbatan arzon boşqa nomdagi, ya'ni “Aqua-cola” içimliklarini “Coca-cola” idişlariga quyiş va qöşimça gazlantiriş orqali qimmatroq pullaş bilan şuğullanib kelgan. 

Uşbu xonadondan, qiymati 1,2 mln sömdan ortiq qölbola usulda tayyorlangan, iste'mol uçun yaroqsiz 213 dona “Coca-cola” içimliklari va kislorod balloni aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.  

Xabarda aytilişiça, hozirda mazkur holatlar böyiça bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.