Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p maosh oladigan futbolchi nomi o‘zgardi
Argentinalik hujumchi Karlos Teves rasman Xitoyning "Shanxay Shenxua" futbol klubi bilan shartnomani imzoladi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
32 yoshli Teves yangi jamoasida haftasiga 615 ming funt sterling (750 ming AQSh dollari) miqdorida maosh oladi. Shu bilan u dunyoning eng ko‘p ish haqi oladigan futbolchisiga aylanadi.
Argentinalik o‘yinchi Ispaniyaning "Real" jamoasining haftasiga 445 ming AQSh dollari oladigan portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi.
Teves joriy mavsumda Argentina birinchiligida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Teves futbolchilik faoliyati davomida Braziliyaning "Korintianse", Angliyaning "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Vest Xem", Italiyaning "Yuventus" klubida to‘p surgan. Milliy terma jamoa libosida 76 marta maydonga tushib, 13 marta raqib darvozasini aniq nishonga ola bilgan.
Mavzuga oid
08:55 / 12.09.2018
Teves: «Messini sportzalda ko‘rmaganman, Ronaldu esa butun kunini mashqlar bilan o‘tkazishi mumkin»
13:25 / 19.09.2017
«Xitoyga boshqa qaytib kelma!». Tevesni Xitoyda qanchalik yomon ko‘rishlari haqida
17:25 / 13.09.2017
Teves va Guarin g‘alati sabab bilan sanksiyaga yo‘liqdi
10:50 / 14.01.2017