2016 yil 27-28 dekabr kunlari Duşanbe şahrida Özbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning törtinçi majlisi bölib ötdi. Unda bir qator kelişuvlar imzolandi.

Xususan, Özbekiston va Tojikiston delegatsiyalari ikki davlat örtasida aviaparvozlarni tiklaş haqidagi protokolni imzolaşdi, deb xabar berdi RIA Novosti Duşanbedagi elçi Şoqosim Şoislomovga asosan.

«Xususan, ikki davlat poytaxtlari örtasida 2017 yilning birinçi yarmida aviaparvozlarni tiklaş haqidagi protokol imzolandi. Şuningdek, özbek sanoatçilari alyuminiy xom aşyosini xarid qilişadi», - deya ma'lum qilgan u.

Eslatib ötamiz, avvalroq Duşanbe-Toşkent-Duşanbe aviareyslari yölovçilari vizalarni aeroportlarning özida olişlari mumkinligi xabar qilingandi.

Ikki mamlakatning tegişli vazirlik va idoralariga yölovçi avtobuslari va poyezdlar qatnovini tiklaş haqidagi kelişuv loyihasini tayyorlaş vazifasi yuklatilgan.

Bundan taşqari, temir yöl ötkazmalarida kamaytiruvçi koeffitsiyent haqida, şuningdek Tojikistonga mahsulot yetkazib beriş borasida ham protokollar imzolandi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi 2017 yil Toşkent şahrida ötkaziladigan böldi. Ta'kidlanişiça, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning Özbekiston boş vazirining örinbosari Rustam Azimov bilan uçraşuvida Tojikiston rahbari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni özi uçun qulay vaqtda Tojikiston Respublikasiga rasmiy taşrif bilan keliş taklif etilgan maktubini topşirdi.

«Yiğiliş yakunlari tomonlar ikki davlat örtasidagi munosabatlarga katta e'tibor berişidan dalolat berdi. Özbek-tojik munosabatlari doimo aloqalarni mustahkamlaş va döstlik munosabatlarini yanada kengaytiriş bilan ajralib turgan», - deyiladi yakuniy materialda.