26 yanvar kuni "2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beş yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasi" loyihasiga bağişlangan mediahaftalikda navbatdagi yönaliş böyiça taqdimot va muzokaralar ötkazildi.
"Ijtimoiy sohani rivojlantirişning ustuvor yönalişlari"ga bağişlangan bugungi tadbirda oylik va maoşlar, nafaqa va ijtimoiy nafaqalarning bosqiçma-bosqiç oşib borilişi, aholi bandligini oşirişning samarali usullari, aholini arzon va zamonaviy uy-joylar bilan ta'minlaş, aholining yaşaş şaroitini yaxşilaş, ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qiliş, aholini ijtimoiy himoya qiliş, soğliqni saqlaş tizimi, ta'lim va fan sohasi böyiça taqdimotlar namoyiş etildi.
Törtinçi yönaliş öz içiga köplab muhim sohalarni qamrab olgani uçun qizğin muhokamalarga boy böldi. Iştirokçilar notiqlarga öz savol va takliflarini yöllab, javob olişga muvaffaq bölişdi.
Ayni damda ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçilar orasida ommalaşgan "Maktablarning 11 yillik ta'lim tizimiga qaytişi" haqidagi savolga ham oydinlik kiritildi.
Mazkur savolga Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri örinbosari Dilmurod Turdiyev quyidagiça javob berdi:
"Hozirda biz 9+3, ya'ni 9 yil maktab va 3 yil litsey yoki kasb-hunar kollejlardagi ta'lim tizimi böyiça işlaymiz va bu tizim özini tölaqonli oqlamoqda. Agarda mazkur masalada qandaydir özgarişlar bölsa, OAV xodimlari, albatta, birinçilardan bölib xabardor bölişadi".
Demak, maktablarning 11 yillik ta'lim tizimga qaytişi haqida tarqalgan gaplar şunçaki miş-miş ekanligi tasdiqlandi.








