Nyu-Yorklik plastik jarroh Mettyu Şulman Snapchat tarmoğida jarrohlik amaliyotidan bölgan töğridan-töğri translyatsiyalar tufayli bir million kuzatuvçiga ega böldi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.

Erkak jonli efirda öz harakatlari haqida batafsil töxtalib ötadi hamda jarrohlik asboblarining nimaga işlatilişini tuşuntirib beradi. U şuningdek jarayonni tinimsiz şarhlab boradi. Videoroliklar heç qanday senzurasiz taqdim etiladi – kadrda har doim juda ham köp qonni köriş mumkin.

Şifokor bemorlari bilan suratga oliş haqida avvaldan kelişib oladi. Uning sözlariga köra, mijozlarning aksariyati bir million kişilik auditoriyaga möljallangan translyatsiya qahramoniga aylanişga rozilik beradi.

Şulmanning sözlariga köra, u plastik jarrohlik unçalik quvnoq jarayon emasligini isbotlaşga harakat qiladi. Jarrohning ehtimoliy mijozlari uçun bunday ma'lumot foydali bölişi mumkin.

Erkak, şuningdek, öz işlari natijasini özining Instagram-sahifasida ham taqdim etib boradi.