Farida opa (ism-familiyasi özgartirilgan) tabiatan intiluvçan, harakatçan ayol. Bir yerda tinç ötira olmaydi. Bekor ötirişni istamay, hali uy-rözğor, hali tomorqa işlari bilan özini ovutadi. Tomorqasi şahardagi boşqa hovlilar singari kiçkina bölsa-da, kaftdek yerga ham turli gul köçatlari, ziravorlar ekib, yaşnatib qöyadi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Bahor kelişi bilan opa tomorqa işlariga butun qalb qöri bilan kirişib ketdi. Yerni obdon yumşatib, har xil gul va kökat uruğlarini ekdi.

Köp ötmay, ekilgan uruğlar böy körsatdi. Opa hovlini aylanib yurarkan, köngli ravşan tortdi. U kundan-kunga böy çözib borayotgan nihollarni mehr bilan parvarişladi. Mehnati behuda ketmaganligidan quvondi.

Hovliga çiroy baxş etib turgan kökatlar kun sayin baravj ösardi. Biroq ular orasidagi binafşarang bölib gullay boşlagan ba'zi nihollar Farida opaning e'tiborini tortdi. Oldin bunaqa gulni heç qayerda körmagandi. Çetdan qaraganda ular boşqa gullardan sira farq qilmasdi. Ammo undan taralayotgan hid butunlay begona, boşqaça edi. Bir safar keçasi turgan qattiq şamol uşbu ösimlik navdalarini sindirib, egib taşlaganida opa erinmay ularni daraxt şoxlariga qayta boğlab çiqdi. Köp ötmay, bu gullar aslida qanday ösimlik ekanini anglaganday böldi. Hovlisidagi binafşa gulli ösimlik köknori ekanini sezdi. Ammo uyidagilar uning gullari va kökatlariga e'tibor berişmaganidan foydalanib, bu haqda ularga bir oğiz ham gapirmadi.

Ötgan yilning may oyida opa hovlisi tepasida paydo bölgan vertolyotning ovozidan çöçib, osmonga qaradi.

-  Bu vertolyot namunça köp aylanmasa, kelin.

-  Bilmadim, oyijon.

Farida opa yana nimadir demoqçi bölgan edi hamki, darvoza taqilladi. Opa uyiga kirib kelgan IIB xodimlarini körib, yuragi şuv etdi.

IIB xodimlari xolislar iştirokida hovlini közdan keçirib, ekinlar orasidagi taqiqlangan ösimlik – 173 tup köknorini aşyoviy dalil sifatida hujjatlaştirib olişdi.

Jinoyat işlari böyiça Qarşi şahar sudi Farida Çamanovaning uşbu qilmişini atrofliça körib çiqib, unga nisbatan eng kam oylik iş haqining 25 baravari miqdorida jarima va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinladi. Biroq unga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosi Jinoyat kodeksining 72-moddasiga binoan şartli hisoblanib, 2 yil sinov muddati belgilandi.