Avstriyaning Hoxfiltsen şaharçasida davom etayotgan biatlon böyiça jahon çempionatining erkaklar örtasidagi estafeta musobaqasi bölib ötdi.

Unda Rossiya terma jamoasi (Aleksey Volkov, Maksim Tsvetkov, Anton Babikov, Anton Şipulin) marraga birinçi bölib yetib keldi va oltin medallarni qölga kiritdi. Bu Rossiya terma jamoasining jahon çempionatlaridagi 9 yillik tanaffusdan söng ilk ğalabasi böldi. Sönggi marta jamoa 2008 yilda oltin medallarni qölga kiritgandi.

Ikkinçi bölib marraga Fransiya (Jan-Giyom Beatriks, Kenten-Fiyon Mayye, Simon Destyo, Marten Furkad) terma jamoasi yetib kelgan bölsa, bronza medalini mezbonlar Avstriya terma jamoasi (Daniel Mezotiç, Yulian Eberhard, Simon Eder, Dominik Landertinger) qölga kiritdi.