Maxfiy sözlar saqlovçi 1Password servisiga egalik qiluvçi AgileBits kompaniyasi ma'lumotlar saqlanadigan joyga buzib kiriş uçun e'lon qilingan tanlovdagi mukofot jamğarmasi miqdorini oşirdi. Loyihadan qandaydir kamçilik topgan foydalanuvçi avvaliga ma'lum qilinganidek 25 ming dollar emas, balki 100 ming dollar oladigan böldi.

Jamoa tanlov uçun 1Password dasturidagi maxsus ma'lumotlar saqlovçi tajriba joyini taşkil qildi hamda uni barça foydalanuvçilarga buzib kiriş uçun taklif etdi. Mukofot pulini qölga kiritiş uçun kamçilikni topib, tanlov uçun maxsus öylab topilgan foydalanuvçilar maxfiy sözlari loyihasini oçiş talab etiladi.

AgileBits tanlov iştirokçilariga hozirça qadar topilgan kamçiliklar haqida ma'lumot ham taqdim etadi, bu himoyada yangi muammolarni topişda qöl keladi.