Bugun Yevropa Ligasining 1/8 final javob uçraşuvlariga bölib ötadi. Tribuna.Uz uçraşuvlar anonsi bilan taniştirib ötadi.
Yevropa Ligasi, 1/8 final

Krasnodar (Rossiya) - Selta (Ispaniya) (16mart, 23:00, Matç TV)
Vigoda keçgan birinçi uçraşuvda «Selta» 2:1 hisobida ğalaba qozongan. «Krasnodar» keyingi bosqiçga çiqişi uçun 1:0 hisobdagi minimal ğalaba ham qoniqtirişi mumkin. Bu ikki jamoa ham şu kungaça xalqaro maydonlarda özaro töqnaşmagandi.
Genk (Belgiya) - Gent (Belgiya) (16 mart, 23:00, Matç! Futbol 3)
Öziga xos Belgiya derbisining birinçi uçraşuvida «Genk» mehmonda töp surişiga qaramay işonçli ğalabani qölga kiritdi — 2:5.
Nom jihatdan bir-biriga öxşab ketadigan jamoalar yevrokuboklarda ilk marta töqnaş kelayotgan bölsada, Belgiya Yupiler ligasi ular şu kungaça 32 marta kuç sinaşgan. 12 uçraşuvda «Gent», 15 uçraşuvda esa «Genk»ning qöli baland kelgan. Beşta uçraşuvda durang qayd qilingan.
Beşiktoş (Turkiya) – Olimpiakos (Gretsiya) (16 mart, 23:00, Matç! Arena)
Pireyda ötgan birinçi uçraşuvda tomonlar ğolib nomi aniqlay olmadi. 1:1 hisobida yakunlangan uçraşuv ikki jamoaning ham imkoniyatlarini saqlab qolişiga sabab böldi.
Bu ikkala jamoa ham Yevropa ligasi uçraşuviga qadar rasmiy uçraşuvlarda özaro duç kelişmagan. Ammo sönggi ikki mavsum avvalidagi yozgi turnelarda ötkazilgan örtoqlik öyinlarida bittadan uçraşuv ötkazgan. Ikkala jamoa hisobi ham bittadan ğalaba mavjud.

Roma (Italiya) – Lion (Fransiya)(17 martga ötar keçasi, 01:05, Matç! Futbol 2)
Yevropa Ligasi 1/8 final bosqiçining eng markaziy uçraşuvi sifatida qaralayotgan ikki jamoa örtasidagi dastlabki uçraşuvda fransuz klubi ajoyib kambekni amalga oşirib 1:2 hisobida yutqaza turib, 4:2 hisobida ğalaba qozonib ketgandi.
Ikki jamoa şu kungaça YeÇL doirasida bir marta pley-off bosqiçida töqnaş kelgan bölib, Rimda hisob oçilmagan bölsa, Lionda «Roma» 2:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytgan va çorak final yöllanmasini qölga kiritgandi. Ötgan haftadagi uçraşuvga qadar «Lion» «Roma» darvozasiga gol kiritişning ham uddasidan çiqa olmayotgandi.
Borussiya (Myongxengladbax, Germaniya) – Şalke 04 (Germaniya) (17 martga ötar keçasi, 01:05, Matç! Futbol 3)
Germaniya derbisining birinçi uçraşuvi Gelzenkirxenda bölib ötgan va unda mezbonlar «Şalke» 2:1 hisobida ğalaba qozongandi.
Bu ikki jamoa ham bundesliga va Germaniya kubogi doirasida juda köp marta töqnaş kelgan bölişiga qaramay, bu yevrokuboklardagi dastlabki töqnaşuv bölgandi. Bundesliga doirasidagi sönggi uçraşuv ikki hafta muqaddam bölib ötdi va unda mezbon «Borussiya» raqibini 4:2 hisobida mağlubiyatga uçratdi. Birinçi davrada keçgan birinçi davra uçraşuvida esa «Şalke» raqibi darvozasiga javobsiz 4ta töp kiritgandi.

MYu (Angliya) – Rostov (Rossiya) (17 martga ötar keçasi, 01:05, Matç TV)
Rostovda öta yomon holatdagi stadionda keçgan uçraşuvda ğolib nomi aniqlanmadi — 1:1. Barça masalaga «Old Trafford»dagi öyin oydinlik kiritib beradi.
Rostovdagi öyin ikkala jamoaning tarixdagi dastlabki uçraşuvi böldi. Şu kungaça ular biror marta ham röbaro‘ kelişmagandi.
Ayaks (Niderlandiya) – Kopenhagen (Daniya) (17 martga ötar keçasi, 01:05, Matç! Futbol 1)
Bir hafta oldingi uçraşuvda ikkala jamoaning özaro öyinlarida ilk marta mezbon jamoa ğlaba qozongandi. Ularning bundan oldingi özaro törttala öyinida ham mezbonlar ğalaba qozona olişmagandi. 2001 yilda öşa payti UYeFA kubogi nomi ostida turnirda, Daniyada durang qayd etilgan bölsa, Niderlandiyada «Kopenhagen»ning qöli baland kelgan. 10 yil muqaddam esa ikki jamoa YeÇL saralaş pley-offida duç kelgan. Unda Daniyada «Ayaks» (1:2), Niderlandiyada «Kopenhagen» zafar quçgan (0:2). Öz uyida urilgan bitta ortiqça gol daniyaliklarni guruh bosqiçiga olib çiqqandi.
Bu safar esa «Kopenhagen» Korneliusning sa'iy-harakatlari evaziga 2:1 hisobida ğalaba qozondi. Eslatib ötamiz, hali «Ayaks» heç qaçon Daniya jamoasi tösiğidan öta olmagan.
Anderlext (Belgiya) – APOEL (Kipr) (17 martga ötar keçasi, 01:05, Matç! Arena)
Bu ikkala jamoaning tarixdagi dastlabki uçraşuvi aynan ötgan hafta Kiprda bölib ötdi. Unda «Anderlext» özi uçun juda yaxşi imkoniyat hosil qilib, 1:0 hisobidagi ğalaba bilan qaytdi.
Ma'lumot uçun, jamoalar ötgan bosqiçda favoritlarni musobaqadan çiqarib yuborişgan. «APOEL» «Atletik»dan ustun kelgan bölsa, «Anderlext» mehmonda kiritgan goli evaziga «Zenit»ni musobaqadan çiqarib yubordi.







