Özbekiston terma jamoasi JÇ saralaş bosqiçida Suriyadan uçralgan mağlubiyatdan söng muxlislarning keskin noroziligiga uçradi.

Tarmoqlarda terma jamoa boş murabbiyi Samvel Babayanga nisbatan turli norozilik bannerlari bitilgan tasvirlar paydo bölgan.

Şunday norozilik aksiyalaridan biri Laçetti rusumidagi avtomobilga Babayanni ketişini sörab bitilgan bannerda ham aks etgan. Muxlis Babayanga öz gaplarini maşinasiga yopiştirilgan bannerlari orqali izhor etgan va uni #babayanout heştegi bilan tugatgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston terma jamoasi JÇ-2018 saralaş bosqiçida 6 öyindan keyin 9 oçko töplagan holda 3-örinda bormoqda. Terma jamoa navbatdagi uçraşuvni 28 mart kuni Toşkentda Qatar terma jamoasiga qarşi ötkazadi.