Aprel oyining birinçi kuni Toşkentdagi “Zarqaynar” Özbek liboslari galereyasida “Agro Food Forum 2017” Xalqaro anjumani bölib ötdi. Agro Food haftaligi doirasida ötkazilgan forum meva va sabzavotlarni qayta işlaş texnologiyalari va oziq-ovqat xavfsizligi mavzusiga bağişlandi.

Tadbirda kiçik va örta biznes vakillari, biznes-maslahatçilar hamda soha mutaxassislari meva-sabzavotlarni qayta işlaş va qadoqlaş sifatini oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni tanlaş, örnatiş va işlatiş böyiça öz tajribalari bilan örtoqlaşişdi.
Keng miqyosda taşkil etilgan xalqaro anjumanda jahonda yetakçilik qilayotgan FAM (Belgiya), OCTOFROST (Şvetsiya), Cabinplant (Daniya), OMIP (Italiya), VISSER (Gollandiya), TOMRA (Belgiya), COMPAC (Yangi Zelandiya), FINIS (Gollandiya), Binder (Germaniya), Dutchgreenhouses (Gollandiya) kabi kompaniyalar öz taqdimotlari bilan iştirok etişdi.



Xorijiy kompaniya vakillari forumga taşrif buyurgan mehmonlarga meva va sabzavotlarni qayta işlaş sohasida yaratilgan zamonaviy texnologiyalar, ularning ahamiyati va erişilgan yutuqlar haqida ma'lumotlar berişdi.
Tadbir odatiy forumlardan özining originalligi bilan ajralib turdi. Taşkilotçilar forum dasturiga mas'uliyat va ijodkorona yondaşgani bois, anjuman barça mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Buni iştirokçilar jonli ijrodagi mumtoz musiqa ohanglari ostida kutib olinişi, tanaffuslar paytida fokus ustalarining çiqişi va milliy çolğu asboblari ijrosidagi gözal taronalar yangrab turganidan ham seziş mumkin böldi.

Tuşlik vaqtida barça mehmonlarga töyona oş ulaşildi. Tadbir söngida esa Özbekistonda xizmat körsatgan artist Sevara Nazarxon tomonidan jonli ijroda taqdim etilgan sevimli qöşiqlar barçani çinakamiga mamnun etdi.
“GENERAL MACHINERY GROUP” (GMG) haqida
Mazkur forum “GENERAL MACHINERY GROUP” (GMG) kompaniyasi tomonidan taşkil etilgan bölib, u Markaziy Osiyoda faoliyat olib borayotgan korxonalarga meva va sabzavotlarni qayta işlaş texnologiyalarini yetkazib beruvçi yirik kompaniyalar içida eng yetakçisi sanaladi.
GMG – nafaqat uskunalar yetkazib beradi, balki ularni örnatib, sozlab, töğri foydalaniş böyiça ta'lim ham beradi.
Tadbirning nufuzi va unda olğa surilgan mavzularning dolzarbligini forumga taşrif buyurgan mehmonlar sonining köpligidan ham biliş mumkin. Mazkur tadbir çet el tajribasini örgangan holda, mahalliy tadbirkorlarga öz biznesini rivojlantirişi uçun yaqindan kömak berib, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş sohasida özining yuksak hissasini qöşib borişiga işonamiz.




IŞTIROKÇILAR FIKRLARI
Alfonson Kalifano, OMIP (Italiya) kompaniyasining vakili:

“Özbekiston agrar sohada yetakçi mamlakatga aylanişi uçun mamlakatingizda barça şart-şaroitlar mavjud. Mahsulot ekiş va ularni tez yetiştiriş uçun juda yaxşi yerlar, ajoyib ta'mga ega mevalar mavjud. Bu mahsulotlarni jahon bozorida sotiş uçun Özbekistonda katta imkoniyat bor. Bu borada kompaniyamiz öz tajriba va yordamini taqdim etişda davom etadi. Fikrimça, GMG Özbekistonda meva-sabzavot işlab çiqaruvçilarning eng yaxşi texnologiyalarga bölgan katta potensial talabini qoniqtiriş böyiça muvaffaqiyatli iş olib bormoqda”.
Ruben Larson, OCTOFROST (Şvetsiya) kompaniya asosçisi va savdo direktori:

“Toşkentda bölib ötgan Agro Food haftaligi menda katta taassurot qoldirdi. Sababi, körgazma GMG tomonidan a'lo darajada taşkil etilgan. Mazkur tadbirlar xaridor, mijozlar, hamkasblar bilan uçraşib, özaro fikrlar almaşiş uçun katta imkon berdi. Biz mahsulotlarning tabiiyligi va sof ta'mini saqlagan holda muzlatiş texnologiyalari böyiça tajribalarimiz bilan örtoqlaşiş maqsadida uşbu forumda iştirok etdik”.
Simone Zaffoli, COMPAC (Yangi Zelandiya) savdo mutaxassisi:

“Men uşbu nufuzli anjumanda iştirok etayotganimdan juda faxrlanaman. Biz Özbekiston bozori yuqori sur'atlar bilan rivojlanib borayotganiga guvoh bölmoqdamiz. Mahsulotlarni eksport qiliş va texnologiyalarga bölgan ehtiyojni qondiriş yölida ildam qadam taşlanmoqda. Bugungi forum va uç kun davomida taşkil etilgan körgazma mijozlar bilan yuzma-yuz körişib, sohadagi mavjud imkoniyatlarni yanada yaqinroq örganişga yordam berdi”.
Stiven Xeil, TOMRA (Belgiya) mintaqaviy cavdo mutaxassisi:
Mazkur forum Özbekistonlik hamkasblarimizga faoliyatimiz haqida yaqinroq taniştiriş uçun katta imkon berdi. Bu esa insonlarning mahsulotlarni yanada yaxşiroq eksport qiliş böyiça yangi bilim-könikmalar olişida muhim ahamiyat kasb etadi. Şuningdek, xalqaro bozorda yanada mustahkam öringa ega bölişda ham öz hissasini qöşişiga işonaman”.
Abdulaziz Jörayev, Agro House kompaniyasining menejyeri:

“Bizning asosiy vazifamiz çet eldan keltirilgan uruğlarni fermerlarga taqdim qiliş, mineral öğitlar, ösimliklarni himoya qiliş vositalarini yetkazib berişdir. Kompaniya 3 yil avval taşkil etilgan Agro World körgazmasida iştirok etib, köplab fermer va dehqonlar bilan uçraşib, şartnomalar imzolaşga muvaffaq böldi. Maqsadimiz – barça mijozlarimizning talab-istagini qondiriş va mamlakatimizning eksport salohiyatini yanada oşirişga öz hissamizni qöşişdir”.
Taşkilotçi kompaniya sayti: gmgtrade.com
Reklama huquqi asosida.






