Balandligi 16 sm va heç qanday belgilari bölmagan yoğoç quti Bayrut aeroportida bir haftadan köproq qarovsiz yotdi.

Quti oçilganda esa unda uçta yölbars bolasi borligi aniqlangan. Yölbarslarning ahvoli juda abgor bölgan. Bundan taşqari, yölbarsçalar turli haşarotlardan aziyat çekib kelişgan. 

Qutida uning içida hayvonlar borligiga işora qiluvçi birorta ham belgi bölmagan. Livan hayvonlarni himoya qiliş taşkilotining ta'kidlaşiça, yölbarsçalar Ukrainadagi Nikolayevsk hayvonot boğidan Damaşq hayvonot boğiga yetkazilişi kerak bölgan. 

Barça yölbarsçalar musodara qilingan. Hozirda ular soğ-omonlar va ahvollari yaxşilanmoqda.

Ta'kidlanişiça, yölbarsçalar özlarining egalariga, ya'ni körinişiça, qora bozorga qaytişi imkoniyati saqlanib qolmoqda.