Özbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi ikkinçi haftadirki, «Kun.uz» sayti diqqat markazida bölib turibdi. Lekin bu vaziyat futboldagi bir darvozaga öyindan farq qilayotgani yöq.

Keyingi haftalarda röy bergan voqealar bir qator savollarni paydo qilmoqda. Savollarni tinglaşni yoki javob qaytarişni esa istaşmayapti. Bu voqealar şunday şubhalar uyğotmoqdaki, bu agentlik «yeng içida iş» qilgan bölişi mumkin.

Keling, voqealar zanjirini eslab ötamiz. Aytiş mumkinki, zanjir davomida kişilar ertaklardagi kabi bir-biridan murakkab tösiqlarga röbaru qilinişgan.

Avvaliga agentlik sayti işlamay qoldi. Bu Bandlikka ruxsat beriş tizimining koreys tilidan test sinovlari uçun röyxatga oliş jarayonida (27-28 mart kunlari) röy berdi. 29-30 mart kunlari esa ikkinçi bosqiçda koreys tilidan onlayn savol-javobda iştirok etişi belgilangandi. Lekin sayt işlamay qoldi va röyxatga oliş işlari va imtihonlar qoldirilib, 1-2-3 aprel kunlari ham davom etdi. 

Birinçi tösiqdan omon-eson ötgan kişilar qarşisida eng murakkab sinov çiqdi - test sinovlari boşlandi. Qolaversa, ikkinçi bosqiç uçun yangi qoidalar işlab çiqildi.

Bu jarayonga oid tomoşalarni saytda naşr etilgan «Halima enam allalaridan Ahmad qaçon ölganigaça. Koreyaga işçilar kerakmi yoki professorlar?» nomli materialda yoritildi.

Sinov «Koreys tili böyiça test savollar» deb nomlangan bölsada, Özbekiston va Jahon tarixi, adabiyot, geografiya, huquqşunoslik, biologiya, fizika va kimyo kabi fanlaridan savollar aralaştirilib, özbek tilida berilib, javob variantlari esa koreys tilida körsatildi. Bu savollar bir-biridan murakkab, bir-biridan mantiqsiz va kulgili, çala-yarim holatda bölgan hamda bunday testni topşirişning amalda iloji bölmadi.

Ya'nikim, agentlik rasmiy imtihonga 6000 kişini saralab oliş uçun mavjud 100 mingga yaqin nomzodning asosiy qismidan «qutiliş» maqsadida imkonidagi bor işni qildi.

Natijada, birinçi bosqiçdan yiqilganlar örtasida keskin norozilik kayfiyati paydo böldi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali vaziyatni bayon etib, fikrlarini bildira boşlaşdi. Bu oh-vohlar havoga singib ketdi, manziliga yetib bormadi. Yetib borsada, e'tibor qilinmadi. Qolaversa, agentlik operatorlari esa bunday qiyin savollar Janubiy Koreya tomonidan yuborilganini rökaç qilib javob qaytarişdi.