Migratsiya agentligi fuqarolarni litsenziyasiz xorijga işga jönatiş bilan şuğullanayotgan kompaniyalardan ogohlantirdi.
Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 apreldagi 252-sonli qaroriga muvofiq, fuqarolarini xorijda taşkillaştirilgan tartibda işga joylaştiriş faoliyati bilan Migratsiya agentligi şuğullanadi. Şuningdek, «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi qonunga muvofiq, faqat Migratsiya agentligi tomonidan litsenziya berilgan xususiy bandlik agentliklari uşbu faoliyat bilan şuğullanişga haqli.
Migratsiya agentligi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlarda «ba’zi bir işbilarmonlar»ning ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar orqali konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida fuqarolardan pul yiğib xizmat körsatmagani hamda litsenziyasiz xorijga işga jönatiş bilan şuğullanayotgani aniqlangan. Uşbu jamiyatlarga nisbatan quyidagi ta’sir çoralari qöllangan:
- Worldvisa MÇJda 2025 yil 9 aprelda tekşiruv ötkazilgan va 11 aprelda 112,5 million söm jarima qöllanib, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
- Everyone Consult MÇJda 9 aprelda tekşiruv ötkazilgan, 11 aprelda 112,5 million söm jarima qöllangan, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
- Adworld Group MÇJda 24 aprelda tekşiruv ötkazilgan, 28 aprelda 112,5 million söm jarima qöllangan, Urganç tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
- Rich Result MÇJda 15 mayda tekşiruv ötkazilgan, 21 mayda 112,5 million söm jarima qöllangan, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo arizasi kiritilgan;
- Ravon Consult Group MÇJ xususiy bandlik agentligida 15 mayda tekşiruv ötkazilgan, 26 mayda 112,5 million söm jarima qöllangan, Bekobod tumanlararo iqtisodiy sudga da’vo ariza kiritilgan.
«Lisenziyasiz taşkilotlar orqali xorijda işga joylaşişga uriniş moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duçor bölişiga olib keladi», – deya ogohlikka çaqiradi Migratsiya agentligi.
Rasmiy röyxatdagi agentliklar bilan hamkorlik qiliş, har qanday şartnomani imzolaşdan oldin uni sinçiklab öqib çiqiş, şubhali tölovlarni amalga oşirmaslik söralgan.
Kun.uz bunga qadar ADWorld haqida bir neçta suriştiruvlar çiqargan edi. Xususan, maşhur blogerlar yordamida özini reklama qilib, mijozlarni töplagan firma kişi boşiga salkam 6 mlndan 26 mln sömgaça tölov qildirgan, ammo bu tölovga yaraşa şartnomaviy xizmatlarini körsatmagan. Fuqarolar pullarini qaytarib ololmayotganidan norozi bölib

















