Xorijda ishlash uchun to‘lov qilgan, biroq ayrim tashkiliy holatlar sababli ishga ketolmagan fuqarolarga mablag‘lari qaytarib beriladi. Bu haqda Migratsiya agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2023–2024 yillarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga hamda 2025 yilda Migratsiya agentligiga xorijga ishga yuborish xizmatlari uchun to‘lov amalga oshirgan, biroq xorijiy ish beruvchi tomonida yuzaga kelgan ayrim tashkiliy yoki boshqa holatlar tufayli ishga jo‘nab ketmagan fuqarolar manfaatlarini ta’minlash maqsadida to‘langan mablag‘lar qaytariladi.

To‘langan mablag‘larni qaytarib olish uchun 2026 yil 20 martgacha https://xorijdaish.uz/#services?key=refund-money manzili orqali elektron ariza yuborish lozim.

“Murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va taqdim etilgan hujjatlar asosida qaror qabul qilinadi”, deyiladi agentlik xabarida.