Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning uchinchi bokschisi ham Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi
“O‘zbekiston” sport majmuasida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida 29-Osiyo chempionatining ikkinchi kungi janglari davom etmoqda. Unda 64 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz, Andijon boks maktabi vakili Iqboljon Xoldorov hindistonlik Ashishga qarshi jang olib bordi.
1997 yilda tug‘ilgan yosh sportchimiz, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, Ashishni mag‘lub etdi.
Eslatib o‘tamiz: bundan oldin 56 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz, Rio-2016 bronza medali sovrindori Murodjon Ahmadaliyev ringga ko‘tarilib, turkmanistonlik sportchi Muradov Shodlikmurodni nokautga uchratgan edi.
Ushbu musoboqa 30 aprel – 7 may kunlari davomida o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026