AQŞ Davlat departamenti "Jibhat an-Nusra" terrorçilik guruhi yetakçisi Abu Muhammad al-Julaniy haqidagi ma'lumotga 10 mln dollar mukofot puli va'da qildi. Bu haqda davlat departamentining tvitterda 10 may kuni çop etilgan xabarida aytilgan.
Xabarda aytilişiça, al-Julaniy boşçiligida guruh Suriya hududida tinç aholiga qarşi köplab teraktlar amalga oşirgan. Departament bu teraktlar sifatida 2015 yilda jangarilar tomondan 300 ga yaqin kurdning öğirlab ketilişi va Idlib viloyatida joylaşgan qişloqda 20 kişining öldirilişini eslatib ötdi. Ta'kidlanişiça, 2017 yil yanvarda "an-Nusra" boşqa guruhlar bilan birlaşib, "Hay'at Tahrir aş-Şom" guruhini taşkil qilgan.
Davlat departamentida aytilişiça, va'da qilinayotgan pul "an-Nusra" a'zosi uçun belgilangan birinçi mukofot pulidir.
Jangari haqidagi ma'lumot uçun mukofotlaş 1984 yilda işga tuşirilgan "Adolat uçun mukofot" dasturi doirasida e'lon qilindi. Ta'kidlanişiça, AQŞ hukumati bu dastur doirasida terrorçilar haqida ma'lumot taqdim qilgan odamlarga 125 mln dollardan köproq mukofot puli tölab bergan.












