Har yili dunyo aholisining 7 mln nafari tamaki mahsulotlarini iste'mol qiliş sababli hayotdan köz yumadi. Uşbu zararli odat bilan boğliq iqtisodiy yöqotişlar miqdori 1,4 trln dollarni taşkil etadi. Bu ma'lumotlar Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining hisobotida keltirilgan. Hujjat 31 may kuni nişonlanadigan Xalqaro çekişga qarşi kuraşiş kuni doirasida e'lon qilindi.
"Har yili tamaki mahsulotlarini iste'mol qiliş oqibatida 7 mlndan ortiq inson halok böladi. Hukumatlar va oilalarning soğliqni saqlaş, mehnat samaradorligi pasayişi tufayli xarajatlari 1,4 trln dollardan ortiqni taşkil etadi", - deyiladi hisobotda. Ta'kidlanişiça, "tamaki noyuqumli kasalliklardan öliş hollarining 16 foiziga aloqador".
Ekspertlarga köra, tamaki "barça insonlarga, milliy va mintaqaviy rivojlanişga köplab tahdidlar solmoqda". Xususan, tadqiqotlarga köra, kambağal oilalarda tamaki mahsulotlariga sarflanadigan mablağ oilaviy xarajatlarning 10 foizdan ortiğini taşkil etadi. Bu esa taom, ta'lim va soğliqni saqlaşga kam pul qolişini anglatadi. JSSTga köra, 860 mlnga yaqin katta yoşli kaşandalar past va örta daromadli mamlakatlarda istiqomat qiladi.
Tamaki ösimliklarini yetiştiriş sababli bolalar maktabga bormay qöyişadi. Tamaki dalalarida işlaydigan oilalarning 10-14 foiz maktab öquvçilari darslarga qatnaşmaydi. Bundan taşqari, tamakini yetiştiriş işçilarning soğliğiga, şuningdek, atrof-muhitga ham katta zarar yetadi.
JSST soliqqa tortişni "tamakiga qarşi kuraş borasida jiddiy vosita" sifatida baholamoqda. Hukumatlar yiliga tamaki mahsulotlariga aksiz soliqlardan 270 mlrd dollar oladi. Biroq, ekspertlarning fikriça, "bu raqamni 50 foizdan köproqqa oşiriş mumkin edi". Agar barça mamlakatlarda bir quti sigareta uçun aksiz soliğini 0,8 dollarga oşirsa, yana qöşimça 141 mlrd dollar oliş mumkin bölar edi. Bu yöl bilan olingan daromadlar davlatlarning 2030 yilgaça bölgan davrda Kun tartibiga qöyilgan rivojlaniş maqsadlariga erişiş uçun "içki zaxiralarni işga solişga turtki bergan bölar edi".

















