Braziliyaning «Atletiko Mineyru» klubining venesuelalik yarimhimoyaçisi Romulo Braziliya Kubogi çorak finalining «Parana»ga qarşi uçraşuvda çiroyli gol muallifi böldi, deb yozmoqda Globoesporte internet-naşri.
Venesuelalik futbolçi uçraşuvning 41-daqiqasida burçak töpini aylanma zarba bilan töğri darvozaga aniq yöllab hisobni oçgandi. Töp darvoza ustuniga tegib tördan joy olgan.
Uçraşuvdagi yakuniy hisobni (2:0) Braziliya terma jamoasi sobiq hujumçisi Fred tomonidan kiritilgan gol örnatdi.







