Sony kompaniyasi 2018 yilning mart oyidan vinil plastinkalar işlab çiqarişni qayta tiklamoqçi. Nikkei Asian Review şu haqida xabar berdi. 

Manbaga köra, plastinkalar Yaponiya prefekturasidagi Sony Music Entertainment zavodida işlab çiqariladi. 

Işlab çiqarişni qayta tiklaş töğrisidagi qaror ham katta yoşli iste'molçilar, ham yoşlarning bunday qurilmalardagi musiqaga bölgan talabi ortişi bilan boğliq.

Kompaniya maşhur eski kompozitsiyalar hamda sönggi xitlar  yozilgan plastinkalarni işlab çiqaradi. Bundan taşqari, Sony boşqa leybllardan ham buyurtmalarni qabul qiladi. 

Ta'kidlaş joizki, Sony 1989 yilda kompakt-disklarning paydo bölişi tufayli plastinkalar işlab çiqarişni töxtatgan edi.