"Turkiston" saroyida joriy yilning 8 iyun – 1 iyul kunlari Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Madaniyat vazirligi, Özbekiston Yoşlar Ittifoqi hamda Zo'r-TV telekanali hamkorligida taşkil etilgan "Quvnoqlar va zukkolar" respublika körik-tanlovining çorak final bosqiçi bellaşuvlari bölib ötdi.
Talabalarning böş vaqtlarini köngilli va mazmunli ötkaziş, iqtidorli yoşlarni izlab topiş, ularga öz imkoniyatlarini yuzaga çiqariş uçun şaroit yaratiş maqsadida taşkil etilgan “Quvnoqlar va zukkolar” respublika körik-tanlovining mazkur bosqiçi doirasida 8 ta bellaşuv ötkazildi. Bellaşuvlarda 40 ta jamoa iştirok etdi va turli şartlar asosida öz bilim va mahorati, hozirjavobligi, intellektual salohiyatini namoyiş etdi.
qvzxxccvvvbb1.jpg&w=1200&q=75)
Ma'lumot örnida eslatib ötamiz, körik-tanlovning bu yilgi ilk saralaş bellaşuvlari 4 aprel – 12 may kunlari ötkazilgan. Ularda Özbekiston oliy ta'lim muassasalaridan 77 jamoa tarkibida mingga yaqin talaba iştirok etgan.
qvzxxccvvvbb2.jpg&w=1200&q=75)
Çorak final bosqiçi yakunlariga köra, Nukus davlat pedagogika institutining “Turon”, Termiz davlat universitetining “Surxon yoşlari”, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutining “Dizayn”, Toşkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Özbekiston milliy universitetining “Şovvozlar”, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining “Özbegim”, Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining “Tarğibot”, Qarşi muxandislik iqtisodiyot institutining “Barkamol avlod”, Andijon maşinasozlik institutining “Beklar”, Navoiy davlat konçilik institutining “Talablarga binoan talabalar”, Özbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toşkent moliya institutining “Moliyaçi” jamoalari navbatdagi bosqiç yöllanmasini qölga kiritişdi. Mazkur bosqiçda ğolib bölgan yuqoridagi 12 ta jamoa joriy yilning noyabr oyida “Turkiston” saroyida ötkaziladigan yarim final bosqiçida finalga çiqiş uçun özaro bellaşadilar.
qvzxxccvvvbb3.jpg&w=1200&q=75)
“Quvnoqlar va zukkolar” respublika körik-tanlovining final bosqiçi dekabr oyida “Istiqlol” san'at saroyida bölib ötişi rejalaştirilgan.
qvzxxccvvvbb4.jpg&w=1200&q=75)
qvzxxccvvvbb5.jpg&w=1200&q=75)
qvzxxccvvvbb6.jpg&w=1200&q=75)
qvzxxccvvvbb7.jpg&w=1200&q=75)








