Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi yong‘inda halok bo‘lganlar jasadini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda
Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiruvchi Kolpino shahrida 13 iyuldan buyon bo‘lib turgan O‘zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi xodimlari 2017 yilning 15 iyul kuni Sankt-Peterburg shahri tergov organlarining yong‘inda halok bo‘lgan 7 ta O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini aniqlash bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etdilar. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Hozirgi vaqtda o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalar va jasadlarni O‘zbekistonga olib kelishga ruhsat beruvchi rasmiy hujjatlar tayyorlanmoqda hamda boshqa tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Elchixona barcha masalalarni tezda hal qilish maqsadida halok bo‘lganlarning oila a'zolari va Sankt-Peterburg hamda Kolpino shaharlarining tegishli tuzilmalari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Peterburgda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi. Elchixona vaziyatni o‘rganmoqda