O‘zbekiston | 17:25 / 13.07.2017
25008
1 daqiqa o‘qiladi
Peterburgda o‘zbekistonliklar halok bo‘ldi. Elchixona vaziyatni o‘rganmoqda
13 iyulga o‘tar kechasi Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Kolpino shahridagi metal angarida umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bo‘lgan yong‘in sodir bo‘ldi. OAV xabariga ko‘ra, yong‘in qoldiqlarini ajratish paytida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan O‘zbekiston fuqarolari deb taxmin qilinayotgan 7 jasad topilgan.
Ayni paytda mahalliy hukumat tomonidan tergov tadbirlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston TIV saytida ham tegishli xabar berildi.
Unga ko‘ra, TIV topshirig‘iga binoan voqeaning butun tafsilotlarini va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash jarayonida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari Moskva shahridan Sankt-Peterburg shahriga uchib ketishgan.