Rossiyaning Leningrad viloyatidagi angarda payşanba kuniga ötar keçasi röy bergan yonğin natijasida yetti kişi halok böldi. Bu haqda TASS tezkor xizmatlardagi manbalarga asosan xabar tarqatdi.

Yonib ketgan angar konstruksiyasini ajratiş paytida jasadlar aniqlangan, u yerda yölka plitalari işlab çiqarilgani aytilmoqda.

Ta'kidlanişiça, yonğinning umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bölgan. Hodisaga nima sabab bölgani va halok bölganlar şaxsi hozirça aniqlanmadi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, halok bölganlar Özbekiston fuqarolaridir.

Rossiya Tergov qömitasining Sankt-Peterburg böyiça boşqarmasi jinoyat işi qözğatdi.