Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi yong‘inda 7 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani tasdiqlandi, qurbonlarning barchasi xorazmliklar
13 iyul kuni yong‘in sabablari va halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun Kolpino shahriga (Sankt-Peterburg shahri tarkibiga kiradi) borgan O‘zbekiston elchixonasi xodimlari Sankt Peterburg shahri Tashqi aloqalar qo‘mitasi ma'lumotiga asoslanib, 7 ta O‘zbekiston fuqarolarining halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ular:
1. Ro‘zmat Xusinov, 1967 yil 1 yanvarda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;
2. Siroj Xusinov, 1991 yil 16 oktabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;
3. Zoir Otaniyozov, 1973 yil 2 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani, “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;
4. Ilyos Boyjanov, 1988 yil 10 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;
5. Yunus Sultonov, 1981 yil 21 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi;
6. O‘tkirbek Atakov, 1989 yil 19 aprelda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Gulobod” QFYda ro‘yxatda turadi;
7. Shahzod Quramboyev, 1997 yil 3 noyabrda tug‘ilgan, Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Tagan” QFYda ro‘yxatda turadi.
Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan sud-tibbiy ekpertizasi o‘tkazishga qaror qilindi.
Elchixona Sankt-Peterburg va Kolpino shaharlarining tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risidagi ma'lumot ularning oila-a'zolarini xabardor qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalari va Xorazm viloyati hokimligiga yetkazildi.
Mavzuga oid
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
22:05 / 27.06.2026
Farg‘onada gaz to‘ldirish vaqtida avtobus tomidagi gaz balloni yorilib ketdi
12:29 / 25.06.2026
Toshkentda yong‘inga qarshi alohida rejim: nimalar qilinadi?
12:23 / 22.06.2026